Navalniyning matbuot kotibi siyosatchining jasadi yana ikki hafta davomida uning yaqinlariga berilmasligini aytdi.
Tergovchilar Aleksey Navalniyning onasi va advokatlariga ekspertiza davom etar ekan, jasad yana ikki hafta ushlab turilishini ma’lum qilgan.
“Tergovchilar Alekseyning advokatlari va onasiga jasadni topshirmasliklarini aytishgan. Unga nisbatan yana 14 kun (!) qandaydir “kimyoviy ekspertiza” o‘tkaziladi”, — deb yozdi Kira Yarmish.
Avvalroq Aleksey Navalniyning jasadi 17-fevralga o‘tar kechasi jazoni ijro etish koloniyasidan Salexard tomonga olib ketilgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi. Mutaxassislar Navalniyning jasadi oilasiga topshirilmayaptimi, demak, bu yerda bir gap bor, deb fikr bildirishgan.
Izoh (0)