Jo Bayden ma’muriyati Falastin—Isroil mojarosida sulh tuzishga chaqirganiga qaramay, Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroil hukumatiga o‘n million dollarlik turli xildagi o‘q-dorilar yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika hukumati Isroilga taxminan 1 ming dona MK-82 bombalarini, shuningdek, KMU-572 mo‘ljalga olish to‘plamlari va KMU-572 bombalar uchun portlatish vositalarini berishni rejalashtirmoqda.
Nashrning taʼkidlashicha, qurol yetkazib berish bo‘yicha kelishuv hali ham Amerika maʼmuriyati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Agar ma’qullansa, kelishuv Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)