Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY606 Moskva—Samarqand reysi ekipaji Toshkentdagi muqobil aerodromga jo‘nab ketishga qaror qildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunga Samarqand xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (ko‘rinishning pastligi) sabab bo‘lgan.
17-fevral kuni Toshkentdan Novosibirsk, Jidda, Olmaota, Pekin va Istanbulga uchadigan reyslar kechiktirilgandi. Shuningdek, 8-fevral kuni Toshkentda Rossiyaning “Aeroflot” reysi 6 soatdan ortiqqa, yanvar oxirida esa Toshkentdan Dubayga uchishi kerak bo‘lgan reys bir kunga kechiktirilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oxirlarida Silk Avia aviakompaniyasining USA-751 reysi Termiz aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (chang bo‘roni) tufayli Qarshi aerodromiga yo‘naltirilgandi.
Izoh (0)