2020-yilda Navalniyni davolagan anesteziolog-reanimatolog Aleksandr Polupanov tromb yorilishi tashxisini faqat murdani yorib ko‘rgandan so‘ng qo‘yish mumkinligini aytib o‘tdi.
Avvalroq Russia Today nashri Aleksey Navalniy tromb yorilishi oqibatida vafot etgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
“Ommaviy axborot vositalarida yozilayotgan va Jazoni ijro etish Federal xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda Aleksey Navalniy tromb yorilishidan vafot etgani aytilmoqda. Ammo buni hozircha tasdiqlab bo‘lmaydi, chunki bu kasallikni aniqlash uchun avval murdani yorib ko‘rish kerak”, — dedi Polupanov.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Jazoni ijro etish federal xizmati Aleksey Navalniyning o‘limi yuzasidan tergov olib borayotganini, shifokorlar hodisa sabablarini aniqlashi kerakligini aytgandi.
“Sodir bo‘lgan voqea sabablari haqida Kremlda maʼlumot yo‘q”, — deya taʼkidladi u.
Izoh (0)