UFC prezidenti Dana Uayt 300-raqamli turnirning asosiy jangini qachon e’lon qilishini aytib o‘tdi.

“UFC 298 turniridan so‘ng bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumani 300-turnirning asosiy jangi haqida ma’lumot beramiz”, — dedi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, UFC 298 turniri 18-fevral sanasida bo‘lib o‘tadi. Turnirning asosiy jangi Aleksandr Volkanovski hamda Iliya Topuriya o‘rtasida kechadi.
UFC 300 esa 13-aprel kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)