Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor UFC 300 turnirida ishtirok etishi mumkin.
“Makgregor UFC 300 da. Kelishuvga erishishga oz qoldi”, — deb yozdi irlandiyalik sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Maykl Chendler esa Makregor bilan UFC 300 da jang qilishga tayyorligini bildirdi. “Men roziman. Tez orada ko‘rishamiz”, — deya izoh qoldirdi sportchi.
Avvalroq, UFC prezidenti Dana Uayt Konor iyun oyida oktagonga qaytishi mumkinligini aytib o‘tgandi.
Izoh (0)