Prezident farmoyishiga muvofiq Vohid Hamidov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/02/13/2024-02-13 21.13.28-F8ygbxJq.jpg)
Vohid Hamidov mazkur lavozimni 2023-yil iyun oyida egallagandi.
Ilgari u AOKAning Kitob savdosi va axborot-kutubxona resurslari bo‘limi va Avtotest Mirobod kompaniyasiga rahbarlik qilgan.
Izoh (0)