“O‘zbekiston temir yo‘llari” ishchilar majburiy-ixtiyoriy ravishda to‘lanmaydigan taʼtilga chiqarilayotganligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, AJ faoliyatida ish haqi to‘lanmaydigan taʼtillar Mehnat kodeksining 150-moddasida (mehnat shartnomasini qonunga xilof ravishda o‘zgartirishning huquqiy oqibatlari) o‘rnatilgan tartibda ishlab kelinmoqda.
“Bugungi kunda jamiyatda ishchi xodimlar ixtiyoriy-majburiy ravishda to‘lanmaydigan taʼtilga chiqarilish holatlari mavjud emas. Hozirgi kunda mazkur masala yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibiy korxonalari rahbar xodimlari bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda jamiyatning iqtisodiy-moliyaviy faoliyatida taqchillik kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan maqsadsiz yo‘naltirilayotgan xarajatlarni maqbullashtirish choralari ko‘rib kelinmoqda”, — deyiladi munosabatda.
Izoh (0)