Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) Hasanboy Do‘stmatovning chempionlik jangiga buyruq berdi.
Bu haqida O‘zbekiston professional boks assotsiatsiyasi ma’lum qildi. Hasanboyning raqibi tailandlik Tammanu Niyomtrong bo‘ladi.
Tashkilot tomonlar kelishuvga erishishi uchun muzokaralar o‘tkazishiga 30 kun muhlat berdi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Niyomtrong faoliyati davomida 24 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bu u uchun 12-himoya jangi bo‘ladi.
Hasanboy Do‘stmatov esa prof faoliyati davomida 6 ta jang o‘tkazib, barchasida zafar quchgan. Charm qo‘lqop ustasi WBA reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq, WBA tashkiloti yarim yengil vazn chempionligi uchun Otabek Xolmatov hamda amerikalik Raymond Ford ishtirokidagi jangga buyruq bergan edi.
Izoh (0)