Argentina prezidenti Xavyer Miley mamlakat rahbari sifatidagi ilk xorijiy safarini Isroilga amalga oshirdi. Bu haqda La Nacion xabar qildi.
Tashrif uch kun davom etadi. Uchrashuv davomida Argentina prezidenti bosh vazir Benyamin Netanyaxu va prezident Isaak Gertsog bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Gazetaning yozishicha, Xavyer Miley Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats bilan uchrashuvi davomida Argentina elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirishini aytgan.
Safarda davlat rahbariga prezident devonining bosh kotibi lavozimini egallagan singlisi Karina Miley, Argentina tashqi ishlar vaziri Diana Mondino, shuningdek, respublikaning Isroildagi elchisi Aksel Vanish hamrohlik qilmoqda.
Izoh (0)