Argentinada iste’mol tovarlari narxlari 2023-yil davomida 200% ga oshib, 1990-yillarning boshidan beri eng yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Financial Times nashri yozmoqda.
Argentina statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 12 oy davomida mamlakatda yillik inflyatsiya 211,4% ni tashkil etdi. Dekabr oyida bu ko‘rsatkich 25,5 foizga oshgan. Argentinaliklarning xarid qobiliyati dekabr oyida o‘rtacha 10% ga kamaydi, ish haqi narxlardan sekinroq o‘sgani qayd etilgan.
Oqibatda Argentina inflyatsiya bo‘yicha uzoq vaqtdan beri Lotin Amerikasida yetakchi bo‘lib kelayotgan Venesuelani ortda qoldirdi. 2023-yilda Venesuelada inflyatsiya 193 % ni tashkil qildi.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, yanvar-fevral oylarida ham Argentinada inflyatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi.
Izoh (0)