Abdusalom Xatamov O‘zbekistonning Ummondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
U 2018–2024-yillarda O‘zbekistonning Yekaterinburg (Rossiya) shahridagi Bosh konsulligini boshqargan. 52 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1993-yilda Buxoro viloyatidagi davlat tuzilmalarida boshlagan va Buxoro davlat universitetida arab tilidan dars bergan. 1999-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan yillar davomida TIVning Buxoro bo‘limi, Konsullik boshqarmasi, Konsullik-huquqiy departamenti, Misr va Saudiya Arabistonidagi elchixonalarda turli lavozimlarda ishlagan.
Abdusalom Xatamov 2018–2021-yillarda O‘zbekistonning Ummondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Anvar Abduhalimov o‘rniga tayinlandi.
Izoh (0)