Buxoroning ikki shahrida viloyat hokimi qarori bilan avtobus yo‘lkira narxlari oshdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Buxoro va Kogon shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar tashish xizmatlarining cheklangan tarifi avtobuslarda va yo‘nalishli taksilarda 2000 so‘m miqdorida belgilandi. Viloyat hokimining 2021-yil 8-noyabrdagi “Shahar yo‘lovchi tashish transportida yo‘lovchilar tashish tariflarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotdi.
Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Mazkur qaror ijrosining nazorati viloyat hokimining o‘rinbosari zimmasiga yuklatildi.
Izoh (0)