Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumanida Ichki ishlar organlari xodimi sha’niga putur yetkazuvchi harakatlar sodir qilgan xodim tizimdan bo‘shatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar formasidagi mast erkak videosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Viloyat IIB matbuot kotibining bildirishicha, Qo‘shrabod tumani IIB profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilgan (IIOga xizmatga 2023-yil 20-noyabrda qabul qilingan) katta serjant Z.S. xizmat kiyimida spirtli ichimlik iste’mol qilgani hamda ichki ishlar organlari xodimi sha’niga putur yetkazuvchi harakatlari uchun ichki ishlar organlari xodimlari safidan bo‘shatildi.
Hozirda ushbu holatni kelib chiqishiga yo‘l qo‘ygan rahbar xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Izoh (0)