Andijon viloyatining Asaka tumanida olti tup chinor noqonuniy kesilgani aniqlandi.
Ko‘p yillik daraxtlar “Yangiobod” MFY hududida kesilgan bo‘lib, Andijon viloyat prokuraturasi, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida aniqlangan.
O‘tkazilgan surishtiruvlar davomida mazkur chinorlar kesilishi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli ruxsatnomalar olinmagani, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni talablarini qo‘pol ravishda buzilgani va bu bilan o‘simlik dunyosiga 317 050 000 so‘m miqdorida zarar yetkazilgani maʼlum bo‘ldi.
Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)