• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Davlatni faqat diktatura bilan ushlab qolish va o‘lgunicha shu yo‘l bilan taxtda qolish siyosatini yuritdi” — Islom Karimovning prezidentlik davri haqida suhbat

    O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafot etganiga ham 7 yildan oshdi. Hozir Karimovni kimlardir hech qanday ma’nosiz eslasa, yana kimlardir ko‘zida yosh bilan va yana kimlardir nafrat bilan tilga oladi.

    O‘zbekchilikda vafot etgan kishining ortidan yomon gap aytish afzal ko‘rilmaydi. Biz ham Karimovni yomonotliq qilish niyatimiz yo‘q va bu uchun tomoshabinning ham malomatiga qolmoqchi emasmiz.

    “Daryo” nashri Islom Karimov va u prezidentlik qilgan O‘zbekiston haqida suhbatlashish uchun “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov va iqtisodchi bloger Otabek Bakirovni suhbatga tortdi.

    — Mustaqillikning ilk yillarini, ya’ni Islom Karimov prezidentlikka kelgan davrni katta avlod “murakkab va o‘tish pallasi bo‘lgan”, deb eslaydi. Abdurahmon aka, rostdan ham o‘sha vaqtlar o‘tish davri bo‘ldimi yoki vaziyat shunday tabiiy yetilib kelganmidi?

    Abdurahmon Tashanov: Geosiyosiy jihatdan o‘sha davr murakkab payt edi. Chunki dunyoning yarmi bo‘lgan sotsialistik lagerning qulash yillari edi. Islom Karimov kelishidan oldin bunday harakatlar boshlangan va Karimov bu jarayonlarning faol ishtirokchilaridan biri bo‘ldi.

    Mamlakat tarixida ijobiy yoki salbiy iz qoldirishidan qat’i nazar, Islom Karimov tarixiy va murakkab shaxs. U kishining shaxsiyatini bog‘lash haqida gapiradigan bo‘lsam, o‘sha paytda Karimov yoki Nazarboyev yoki boshqa Sobiq Sovet mamlakatlarining rahbarlari hatto “Men mustaqil bo‘lmayman”, deb turib olganda ham, SSSR tarqalib bo‘lgan edi va mustaqillikni e’lon qilish ularning chekiga tushdi, xolos.

    Abdurahmon Tashanov
    Foto: “Daryo”

    — Tabiiyki, o‘sha davrda moliyaviy qirongarchiliklarga duch kelindi. Hatto kafanlik uchun materiallar yetishmagan, xo‘jalik mollari tanqisligi kuzatilgan edi. Islom Karimov O‘zbekistonni mana shunday og‘ir, iqtisodiy bo‘hronlar davridan olib chiqib ketgan shaxs sifatida baholovchilar bor. Otabek aka, bunday qarashlarga fikringiz qanday?

    Otabek Bakirov: Bilmayman, kim bunday baholaydi. Nazarimda oson savollarga oson javoblar yo‘q. Agar biz qisqa, oson savol berib, shunday javob olmoqchi bo‘lsak, o‘tgan davr to‘g‘risida hech qanday kartina hosil qilolmaymiz.

    Iqtisodiy bo‘hronlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu faqat O‘zbekistongagina xos vaziyat emas. Butun Sobiq Sovetda iqtisodiy aloqalarning uzilishi, barbod bo‘lgan kommunistik rejim va rejali iqtisodiyotning qulashi oqibatida yuzaga kelgan bo‘hron. Ya’ni bu bo‘hron Markaziy Osiyoda ham, Kavkazda ham, Sharqiy Yevropada ham, Markaziy Rossiyada ham yuz bergan vaziyat edi. Har bir davlat o‘zi to‘g‘ri deb bilgan iqtisodiy, jug‘rofiy, demografik shart-sharoitlardan kelib chiqib bu bo‘hronlardan chiqish yo‘llarini tanladi. Qaysidir mamlakatlar juda tez, “shok terapiyasi” asosida bozor iqtisodiyotiga o‘tgan bo‘lsa, Islom Karimov vazminlik bilan, shoshilmasdan va mavjud realliklarni saqlab qolgan holatda byurokratik, ma’muriy boshqaruvni saqlab qolgan holatda mana shu bo‘hrondan chiqish choralariga qarab yurdi.

    Agar e’tibor berib qarasak, umuman Sobiq Sovet makonida erkin narxlarga — bozor narxlariga o‘tish eng kech O‘zbekistonda yuz bergan. 1994-yil yanvar oyidan bozor narxlariga o‘tish harakatlari boshlangan. Yana bir jihati, iqtisodiy bo‘hron 1991-yildagi YIMning 1992—1994-yillarda quyiga qarab inishida va inqirozlardan eng kamroq talafot ko‘rgan davlatlardan bittasi — O‘zbekiston hisoblanadi. Buni ham tan olib aytib ketish kerak. Sababi, birinchidan, avval boshida Sovet Ittifoqi davridayoq yopiq iqtisodiyotga va bir tipli qishloq xo‘jaligiga yoki qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish iqtisodiyotiga ega bo‘lgani uchun tabiiy ravishda jarohatlar ham kamroq bo‘lgan.

    Otabek Bakirov
    Foto: “Daryo”

    Adashmasam, 1991-yilgi YIMga nisbatan 1995-yil holatiga taxminan 12 foizlik orqaga ketish bo‘lgan. Ayrim mamlakatlarda, misol uchun, Ukrainada 45-60 foizgacha iqtisodiy cho‘kish kuzatilgan. Birinchi yutuq tarafini oladigan bo‘lsak, iqtisodiy cho‘kishning chuqurligi yuqori bo‘lmagan, lekin ayni bir paytda oldindagi yaxshi imkoniyatlardan bozorga o‘tish yo‘li tanlanmagan. Shu davrdan boshlab oladigan bo‘lsak, ayniqsa, 1998-yildan keyin qolgan mamlakatlar — biz bilan raqobatdosh bo‘lgan mamlakatlarga nisbatan bozorga o‘tishimiz sekinlashdi. Hattoki ayrim qadamlarni to‘xtatdik ham. Misol uchun, 1994-yildan 1996-yilgacha amal qilgan erkin konvertatsiya tizimini to‘xtatdik. O‘zbekistonda yangi davr boshlanmaguncha yirik aktivlarni xususiylashtirish amalga oshirilmadi. Tashqi savdoni erkinlashtirish yuz bergani yo‘q. Bu qo‘rquvlar yoki yo‘qotishlar ehtimoli bilan bog‘liq emas, 25 yil mamlakatni boshqargan insonning dunyoqarashi bilan bog‘liq, deb hisoblayman. Haddan tashqari o‘zini to‘g‘ri, haq deb bilgan, boshqalar bilan bu haqiqat subyektivligi masalasida hisoblashishni lozim ko‘rmaydigan odamning xatolari edi.

    Men juda yuqori baholaymanki, bizni bo‘hronlardan chiqishimizni osonlashtirgan narsa 1989—1990-yillarda tomorqalarning bo‘lib berilishi bo‘lgan. Adashmasam, O‘zbekistonda 3 millionga yaqin oilalar tomorqali bo‘lgan. Bu ilk mulkdorlarni yaratgan qadam hisoblanadi. Viloyatlarda, qishloq joylarda tomorqasiz odam qolmagan. Ikkinchi narsa, shahar joylarda kvartiralarni bepul xususiylashtirib berilishi bo‘lgan. Ya’ni birinchi qadamlar to‘g‘ri qo‘yilgan, deb o‘ylayman — bozorga mulkdorlar sinfini shakllantirmasdan o‘tib bo‘lmaydi-ku.

    Taxminan 1996—1997-yillardan boshlab keskin sekinlashish, ma’muriy qadamlarga qarab ko‘proq urg‘u berish avj olishni boshlagan va bu jarayon 2016-yilgacha to‘xtagani yo‘q.

    — O‘zbekistonda mustaqillikning ilk yillarida ikki marta pul siyosati amalga oshirildi. Lekin pul qadrsizlanishi keskin ortib ketdi. Ba’zi ekspertlar buni tayyorgarlik ko‘rmasdan amalga oshirilgan, deb baholashadi. Otabek aka, siz o‘sha davrda o‘tkazilgan pul siyosatini qanday baholaysiz?

    Otabek Bakirov: “Tayyorgarlik ko‘rmasdan”, degan fikrga uncha qo‘shilmayman. Chunki oldindan nimanidir ko‘rolsangiz, rejalashtirsangiz, tayyorgarlik ko‘rasiz. 1992—1993-yillarda MDH tashkil etilgan paytda juda ko‘p bayonotlar aytilgan. Xususan, valyuta zonasini, rubl zonasini saqlab qolish bo‘yicha juda ko‘p bayonotlar berilgan. Nafaqat bayonotlar, balki aniq xatti-harakatlar amalga oshirilgan. Lekin 1993-yil avgust oyida to‘satdan Rossiya Markaziy banki 93-yil belgiga ega bo‘lgan o‘zining rublini bosib chiqarishni boshlagan va Rossiya hududida yagona to‘lov vositasi sifatida e’lon qilgan.

    Juda katta miqdorda Sovet rubli hali o‘zining milliy valyutasini joriy qilmagan mamlakatlarga, xususan, O‘zbekistonga ham oqib kelishni boshlagan. Bunda iqtisodiyotni, xalq iste’moliga haddan tashqari ortib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlarni yumshatish uchun qadamlar qo‘yilishi kerak edi. Unga tayyorgarlik ko‘rib olib, 3 yoki 6 oydan keyin, 1 yildan keyin tayyorgarlik ko‘rib olish degan konsepsiya men uchun juda ham tushunarsiz. Lekin bayonotlarga ishonmasdan, bu qadamlarni 1992—1993-yildayoq Rossiya o‘zining milliy valyutasini — rublini joriy qilmasidan turiboq amalga oshirishimiz mumkin edi. Ammo buning ham minus taraflari bor ediki, hali mamlakat oltin valyuta zaxiralariga ega emas, Jahon bozorida kommunikatsiyani, mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni to‘la-to‘kis yo‘lga qo‘ymagan, 90-95 foiz savdo aloqalari, tovar ayirboshlash faqatgina Sobiq Sovet mamlakatlari bilan amalga oshirilib turgan bir paytda alternativani o‘zi bo‘lmagan. Hamma yomon qarorlar mavjud bo‘lgan, o‘sha yomon qarorlar ichida yaxshirog‘ini tanlashga to‘g‘ri kelingan, xolos, deb o‘ylayman.

    “Karimov shaxsiga huquqiy baho berish kerak, u yashagan davr haqida rasmiy pozitsiya bo‘lishi lozim”, degan fikrlar ko‘p aytiladi. Men bu fikrlarga qo‘shilmayman. Birinchidan, bizga o‘xshagan — o‘tish davrini boshidan kechirayotgan uchinchi dunyo mamlakatlarida yagona legitimlik instituti bu — prezidentlik instituti. Prezidentlik institutida o‘zini namoyon etgan inson haqidagi har qanday to‘g‘ri baholanmagan qarashlar bu mamlakat davlatchiligi va suverenitetiga ham savol uyg‘otib qo‘yadi. Shuning uchun ham, bu mening shaxsiy fikrim — Islom Karimov shaxsiga, u yashagan davrga, qabul qilgan qarorlarga nisbatan, albatta, baho berilishi kerak. Lekin qachonki, bizda ideal ma’noda, orzudagi mamlakat ma’nosida, erkin saylovlarda saylangan sog‘lom parlamentimiz va mustaqil sudimiz bo‘lsa, jamiyatimiz qabul qilinayotgan qarorlarga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlariga ega bo‘lsa, saylovlar orqali yoki qonunga takliflarini berish orqali yoki mahalliy boshqaruv orqali — shunday imkoniyat bo‘lgan taqdirdagina, qo‘pol qilib aytganda, reviziya qilish mumkin.

    Foto: "Daryo"

    Qaysi qarorlar noto‘g‘ri bo‘lgan, qayerda biz noto‘g‘ri yo‘ldan ketdik, inson huquqlari, iqtisodiy masalada zararli yo‘lga tushdik, qo‘pol qilib aytganda, diktatura qachondan va qayerdan boshlandi, buning sabablari nima edi, degan savollarga shundagina javob berish mumkin. Shartli ravishda aytganda, hozirgi har qanday taftish bizga foyda beradigan taftish emas.

    — Islom Karimov prezidentlik davriga qaralsa, u dastlabki yillarida xalqqa yon bergandek, odamlarga qayishgandek taassurot uyg‘otadi. Keyinroq mamlakat oyoqqa turib olganidan keyin siyosati qattiqlashgani ko‘zga yaqqol tashlanadi.

    Abdurahmon Tashanov: Mustaqillikning dastlabki yillarida tuzum almashish munosabati bilan odamlar Sobiq Ittifoqdan “diniy ochlik” bilan chiqdi. O‘sha vaqtda Karimov siyosiy muxolifat sifatida emas, haqiqiy muxolifatchi sifatida dindorlarni ko‘rgan va kek saqlovchi inson sifatida keyinchalik dindorlarni ta’qib qilish siyosatini olib bordi.

    Birinchi davr — 1996-yilgacha, ikkinchisi — AQSH bilan 2001-yilda Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan yilgacha bo‘lgan davr.

    Keyinroq, 2005-yilning may oyida Andijon voqealari sodir bo‘ldi va bu Karimov hukumatiga siyosiy zarba berdi. Shundan keyin chambarak boshqa tomonga buralib ketdi. O‘shandan keyin u mamlakat gaykalarni qattiq burash, davlatni faqat diktatura, avtoritar yo‘l bilan ushlab qolish va o‘lguncha shu yo‘l bilan taxtda qolish siyosatini yuritdi.


    Musulmonbek Ibrohimov suhbatlashdi

    01.02.2024, 18:10   Izoh (0)   26891
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Islom Karimovning eng katta xatosi shu bo‘lgan” — yozuvchi Murod Muhammad Do‘st valyuta konvertatsiyasining yopilishi haqida

    29.01.2024, 11:01

    “Islom Karimov amaldorlar bir–biri bilan quda bo‘lishini yomon ko‘rardi” — Murod Muhammad Do‘st

    29.01.2024, 15:39

    Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)

    30.01.2024, 13:58

    O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish hajmi 23 foiz, mis 41 foiz, kumush 60 foizga oshdi 

    01.02.2024, 17:49

    O‘tgan yili mahalla idoralari xodimlariga 6,1 mlrd so‘mlik moddiy yordam pullari to‘lab berildi

    01.02.2024, 17:27

    O‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga ishga yuborilishi kutilmoqda 

    01.02.2024, 17:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.