• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Soyadagi odamlar” — Ayoli va o‘g‘lini institutda o‘qitish uchun chiqindi tashuvchi bo‘lib ishlayotgan zamondoshimiz bilan suhbat (foto, video)

    Chiqindi tashuvchi... Bizningcha, hech kim bu kasbda ishlashni orzu qilmasa kerak. Ammo hayotimizda u insonlarning o‘rni shu qadar kattaki, bir kun ishlamasa, darrov seziladi. “Soyadagi odamlar” loyihasining navbatdagi qahramoni Bahodir Orolov yetti yildan buyon chiqindi tashuvchi bo‘lib ishlaydi. U kasbining ortidan ro‘zg‘or tebratayotgani va farzandlarini o‘qitayotganidan faxrlanadi.

    — Maxsustrans sohasiga ishga kirganimga yetti yil bo‘ldi. Undan avval haydovchilik bilan shug‘ullanganman. Bu sohaga ishga kirishimga yaqin do‘stim sababchi bo‘lgan. Bu ishning o‘ziga yarasha mashaqqati ham, yengilligi ham bor. Qish kunlari ishimiz tonggi oltidan boshlanadi. Har kuni kamida ikki marta belgilangan hududlarni aylanib chiqamiz. Ba’zan ishim cho‘zilishi, ba’zida esa ertaroq tugashi ham mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Ishga endi kirgan paytlarim chiqindilar birmuncha kam edi. Toshkentda aholi soni ortgani sari chiqindi ham oshib boryapti. Kuniga belgilangan hududdan 10 tonnaga yaqin chiqindi to‘playmiz. 

    Foto: “Daryo”

    Ba’zi insonlar mehnatimizning qadriga yetadi. Aholi chiqindi tashuvchi mashina soat nechada kelishini yaxshi biladi. Afsuski, e’tiborsizlik sabab, ba’zilar chiqindilarini o‘z vaqtida tashqariga chiqarib qo‘ymaydi. Kech olib chiqilgan chiqindilarni ko‘rganlar bizni yaxshi ishlamayotganlikda ayblaydi. Yoki aholining o‘zi tegishli tashkilotlarga qo‘ng‘iroq qilib, arz qiladi. Shunday vaziyatlarda chiqindi yig‘ilgan hududlarga qaytadan borishimizga to‘g‘ri keladi.

    Foto: “Daryo”

    Chiqindi tashlashning ham o‘ziga yarasha madaniyati bor. Ularni paketlarga solib, tartib bilan qo‘ysa ishimiz ham oson bo‘ladi. Ba’zida non va yeguliklarning chiqindilar orasiga tashlanganini ko‘rib ichingiz achiydi. Odamlar chiqindi tashlashda ham e’tiborliroq bo‘lishlari kerak.

    Oylik maoshimiz u qadar yuqori emas. Hozircha oyiga ikki million olti yuz ming so‘m oylik olaman, endi oshib qoladi, deyishyapti. Oylik maoshimizdan tashqari, kundalik tushumimiz ham bor. Chiqindiga tashlangan plastik idish va qog‘ozlarni yig‘ib, sotamiz. To‘g‘ri, u qadar ko‘p pul bo‘lmaydi, ammo har holda choy puli va yo‘lkiraga yaraydi.

    Foto: “Daryo”

    O‘zim hech qayerda o‘qimaganman, shu bois farzandlarim mendek qiynalishlarini istamayman. Ayolim boshlang‘ich sinflarga dars berardi, u institutda sirtdan o‘qiyapti. To‘ng‘ich o‘g‘lim esa xususiy universitetda tahsil oladi. Maoshim u qadar ko‘p bo‘lmasa ham shartnoma pullarini to‘lashga yetyapti, barakasini bersin. To‘rt nafar farzandim bor, qolganlarini ham to‘ng‘ich farzandimdek institutda o‘qishlarini istayman.

    Foto: “Daryo”

    Kasbimdan hech qachon uyalmayman, chiqindilarni yig‘ib, yerning yuzini tozalash savobli ish. Eng muhimi halol mehnat qilib, bolalarimni boqyapman. Ishimdan faxrlanaman, — deydi “Mirobod-maxsustrans” filiali xodimi Bahodir Orolov.

    29.01.2024, 14:10   Izoh (0)   13613
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Soyadagi odamlar: “Oilamdagilar kasbimdan uyalishgan” — chiptachi ayol hikoyasi (foto, video)

    01.10.2023, 00:34

    Soyadagi odamlar: “Farzandlarim menday bozorda yurmasa, o‘qisa deyman”. Baliq tozalovchi hikoyasi (foto, video) 

    07.10.2023, 20:16

    Soyadagi odamlar: “Baʼzi odamlar bilan ishlashdan ko‘ra yirtqich hayvonlar bilan ishlash osonroq” — hayvon boquvchi hikoyasi (foto, video)

    14.10.2023, 19:40

    “Jamoat transportiga har tomonlama ustunlik berilishi, avtomobillar hashamatga aylanishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    29.01.2024, 13:55

    O‘zbekistonga 2024-yilda 1200 ta avtobus va elektrobus olib kelinadi

    29.01.2024, 13:49

    Shavkat Mirziyoyev issiqlik va suv ta’minoti sohalarida keskin o‘zgarish bo‘lmayotganini tanqid qildi

    29.01.2024, 13:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.