• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Soyadagi odamlar: “Farzandlarim menday bozorda yurmasa, o‘qisa deyman”. Baliq tozalovchi hikoyasi (foto, video)

    Bozorning baliq rastalarida mavsum payti ish qiziydi. Sotilgan baliqlar xaridorga shu joyning o‘zida tozalab beriladi. Har bir sotuvchining alohida baliq tozalovchi ishchisi bor. Ammo Jamshid Karimov ikkisini ham o‘zi bajaradi. Sotgan mahsulotini xaridorga tozalab ham beradi. U 25 yildan beri shu ish ortidan oilasini boqyapti.

    Jamshid Karimov Yunusobod dehqon bozorida baliq tozalaydi. Bu ishni baliq sotishni boshlagan dastlabki yillarida o‘rgangan. U “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ishining mashaqqatlari, 9-sinfdan keyin o‘qishni davom ettirolmagani, qassoblik qilgani va bolalarini o‘qitish niyati bilan yashayotgani haqida gapirib berdi.

    “Ishni 1998-yilda Chinozdan o‘lgan baliq olib kelib sotishdan boshlaganmiz. Hozirgiday akvariumlar rivojlanmagan edi. U paytlarda baliqni tekin tozalab berardik. Chunki asosan mahsulotni sotsak, bo‘ldi edi. Alohida tozalovchi ishchi yo‘q edi, hammasini o‘zimiz qilardik. Bu odatga aylangan. Ish tanlab o‘tirmaymiz, sotgan balig‘imizni o‘zimiz tozalab beraveramiz. Agar men xaridor bilan savdolashayotgan bo‘lsam, sherigim ham o‘zi tozalaydi. Baʼzida bizda savdo bo‘lmay qolsa, yonimizdagi savdogarlar ham sotilgan baliqlarini berishadi. Besh ming so‘mdan tozalab beraveramiz. Muhimi — bo‘sh qolmasak bo‘ldi, bizga ish bo‘lib turgani yaxshi”, — deydi Jamshid Karimov.

    Foto: “Daryo”
                                                                                       

    Uning aytishicha, bir ishchi kuniga o‘rtacha 100-150 ta baliq tozalaydi, bu ko‘rsatkich shanba, yakshanba kunlari 200-350 tani tashkil qiladi. Maxsus uskuna yo‘q, hammasi qo‘lda bajariladi.

    “Biz iloji boricha bu ishni bir kishiga topshirib qo‘ymaymiz, chunki tozalash oson emas — ayrim baliqlarning tangasi qattiq bo‘ladi, ko‘p kuch talab etadi, qo‘llar kesilib ketadi. Lekin savdo ko‘payib ketgan paytlarda tozalash bir kishiga qolib ketadi. Ayniqsa, kafe, oshxona egalari bir olishda 25-30 dona mahsulot olsa, dam olishsiz uni tozalab berguncha charchaydi odam. Xaridorlarni tez-tez jo‘natmasak, navbat kutib qolishadi.

    O‘zi odatda ikki barmoq kengligida kesib beramiz, lekin ayrim xaridorlar o‘zlari qanday pishirishiga qarab o‘lchamini aytishadi. Bir yarim kilogrammlik baliqlar 2-3 ming so‘mdan, undan kattalari 4-5 ming so‘mdan tozalanadi. Chunki yirik baliqlarning tangachalari ko‘chishi qiyin. Baliqning tepa qismidagi qanotlari qattiq tishli bo‘ladi. Tirik baliq emasmi, tipirchilaydi, ehtiyotsizlik qilsak, barmoqlarimiz tilinib, kesilib qoladi”, — deydi u ishining mashaqqatlariga to‘xtalar ekan.

    Foto: "Daryo"

    Yoz oxirida boshlangan baliq savdosi keyingi yil bahorning aprel oyigacha davom etadi. Baliq tozalovchilar sakkiz oylik mavsumda dam olishsiz ishlaydi.

    “Orada juda muhim ishlarimiz chiqib qolmasa, har kuni bozordamiz. Keyin 4-5 oy dam olamiz, chunki apreldan avgustgacha baliqlarning ko‘payish davriga to‘g‘ri keladi, sotmaymiz. Baliqning narxi keskin oshib ketadi, kunlar ham isigach, odamlar baliq olmay qo‘yadi. Boshqa ish qilmayman, uyda mol boqaman, yozda ularga qarayman. Keyin yana baliq mavsumini boshlaymiz”, — deydi Jamshid Karimov.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Qahramonimiz ishining yoqmaydigan tomonlari haqida gapirishni istamadi. U uchun hatto baliq hidi ham noqulaylik tug‘dirmaydi.

    “Yoqsa-yoqmasa — ishimiz shu, boshqa ish qilolmayman. Shuncha yildan beri baliq tozalayverib, hidi ham bilinmay ketgan, o‘rganib qolganmiz. Ishimizni tugatgach bir qo‘l-yuzimni yuvib, ko‘chaga chiqaman, do‘stlarim bilan ko‘rishaman. Birortasi ustingdan baliq hidi kelyapti, demagan shu paytgacha. Chunki biz tirik baliq sotamiz, hid o‘lgan baliqdan ko‘proq keladi. Xaridorlar bir qarashda sifatli mahsulot olishayotganiga amin bo‘lishlari uchun baliq solingan idishlarga kislorod ham ulab qo‘yganmiz”, — deydi baliq tozalovchi.

    Foto: “Daryo”

    Jamshid Karimov ikki qizning otasi. U farzandlarini oliy taʼlim muassasalarida o‘qitishni  niyat qiladi. Hayotidan nolimasa-da, farzandlarini o‘ziday bozorda ishlashini istamaydi.

    “O‘zim 9-sinfgacha o‘qiganman. O‘rtahol oiladanmiz, katta farzandman. Ro‘zg‘orga yordam berishim kerak edi. Yoshligimda qassobchilik qilardim. Bir kun tog‘am baliqqa qarashib tur, deb yoniga chaqirgan. Shu-shu baliq savdosidaman. Nolimayman, uyimiz bor, mashinamiz bor. Yomon yashamaymiz. Lekin qizlarimni katta bo‘lsa institutlarda o‘qitmoqchiman. Menga o‘xshab bozorda yurmasdan, o‘qisa, yaxshi-da baribir. Ular oliy taʼlim olishi uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilaman”, — deydi Jamshid Karimov.

    Jamshid Karimov bu yilgi daromadidan ota-onasini umra safariga yuborishni niyat qilgan.

    Maqsuda Abduqayumova suhbatlashdi

     

    07.10.2023, 20:16   Izoh (0)   18962
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Soyadagi odamlar: “Oilamdagilar kasbimdan uyalishgan” — chiptachi ayol hikoyasi (foto, video)

    01.10.2023, 00:34

    “Aksariyat aholi uchun gaz va elektr narxlari oshgani yo‘q”. Energetika vazirligi tushunmovchiliklarga oydinlik kiritdi

    07.10.2023, 19:44

    Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga bordi (foto)

    07.10.2023, 18:44

    “Botanika bog‘ining bir santimetri ham ijarachi yoki quruvchilarga berilmasligi shart” — Saida Mirziyoyeva

    07.10.2023, 18:23

    Namangan viloyati bosh imomi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olindi

    07.10.2023, 18:14

    Mirziyoyev, Putin va To‘qayev Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga Rossiya gazi yetkazilishiga start berdi (video)

    07.10.2023, 17:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.