Bolgariya hukumati yevrozonaga kirish sanani tasdiqladi. 2025-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatda yevro pul birligi amalda bo‘ladi.
Bu haqda Bolgariya moliya vaziri Asen Vasilyev gretsiyalik hamkasbi Stavros Papastavru bilan uchrashuvdan keyin ma’lum qildi.

“Gretsiya Bolgariyaning Shengendagi to‘liq aʼzoligini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa quruqlikdagi chegaralarning to‘liq ochilishi va transport qulayligi, shuningdek, kelasi yilning 1-yanvaridan kutilayotgan yevrozonaga aʼzoligimizni bildiradi”, — dedi Vasilyev.
2023-yil noyabr oyida Bolgariya hukumati mamlakatni yevrozona a’zoligiga tayyorlash bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash ishiga o‘zgartirishlar kiritib, unga 2025-yil boshidan yevroga o‘tishga amaliy tayyorgarlikni davom ettirish vazifasini yuklagandi.
Izoh (0)