Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Tailand uchrashuviga hakamlar tayinlandi.
Uchrashuvni malayziyalik Muhammad Nazmi bin Nasaruddin boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Unga hamyurtlari Muhammad Zairul hamda Arif Shamil yordam berishsa, zaxira hakami sifatida ummonlik Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf ishlaydi. Shuningdek, uchrashuv VAR hakami vazifasini Omar Muhammad Ahmad (BAA) bajarsa, AVAR sifatida saudiyalik Xolid Solih Alturais ishlashi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Nazmi Nasaruddin joriy mavsum jami 8 ta uchrashuvda ishlagan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi klublar va terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqalarga to‘g‘ri keladi. E’tiborli tomoni, ushbu hakam OCHL guruh bosqichining 3 ta turida o‘zbek klublari ishtirokidagi bahslarda hakamlik qilgan. U turnirning 2-turida “Navbahor” — “Mumbai Siti” (Hindiston), 4-turida “Ahal” (Turkmaniston) — “Paxtakor” hamda 6-tur doirasidagi “Mumbai Siti” (Hindiston) — “Navbahor” uchrashuvlarini boshqargan.
Osiyo Kubogi—2023 / 1/8 final
30.01.2024 / 16:30
O‘zbekiston — Tailand
“Al-Janub” stadioni, Al-Vukair shahri
Izoh (0)