Elgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi OCHL nimchorak final bahsini boshqaradi.
Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan “Yokohama Marinos” – “Bangkok Yunayted” uchrashuvida ishlash uchun O‘zbekistondan 6 nafar hakam tayinlov oldi.
Yaponiya klubi ishtirokidagi bahsni boshqarish bu safar Elgiz Tantashevga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam bersa, Rustam Lutfullin zaxira hakami vazifasini bajaradi.
Shuningdek, video assistentlar orasidan Aziz Asimov va Abdurashid Xudoyberganov VAR hamda AVAR vazifalarini bajarishi ko‘zda tutilgan.
Osiyo Chempionlar ligasi | 1/8 final
21-fevral, chorshanba. 16:00
“Yokohama Marinos” – “Bangkok Yunayted”
Izoh (0)