“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar ma’lum bo‘ldi.
The Telegraph nashri ispaniyalik mutaxassis “shaharliklar” safini tark etsa, uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlarni sanadi. Eslatib o‘tamiz, Gvardiolaning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilgacha mo‘ljallangan.
Nashrga ko‘ra, Pepning o‘rnini “Tottenhem” ustozi Enj Postekoglu egallashi mumkin.
Avstraliyalik mutaxassisning Manchester klubiga bosh murabbiy bo‘lish ehtimoli Mikel Arteta. Roberto de Zerbi va Vensan Kompaninikidan ko‘proq. Shuningdek, Enjning o‘zi “shporlar”dagi faoliyatidan rozi.
“Manchester Siti” 58 yoshli mutaxassisning ishini kuzatib bormoqda.
Gvardiola 2016-yildan buyon “shaharliklar” bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Joriy mavsum jamoa APLda 43 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)