Gruziyaning Geo Sky aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi, deb xabar bermoqda “O‘zaviatsiya” agentligi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida 2024-yil 24-yanvar kuni Geo Sky aviakompaniyasiga O‘zbekistonga Tbilisi—Toshkent—Tbilisi yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnoma rasmiylashtirib berildi.
Aviakompaniya parvozlarni Boeing 737-300 rusumli samolyotlarda amalga oshiradi.
Izoh (0)