AQSH Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish niyatida, shuningdek, Moskvani qurol-yarog‘ ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan asosiy jihozlardan mahrum qilishga urinmoqchi.
Bu haqda AQSHning Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha davlat kotibi Jeyms O’Brayen ma’lum qildi.
![](/static/2024/01/25/sank8-2kiJZPnk.jpg)
“Endi sanksiyalarimizni kuchaytirishimiz kerak. Shuningdek, Rossiyani qurol ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan asosiy jihozlardan mahrum qilamiz”, — dedi u.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi rahbariyati 24-fevralgacha Rossiyaga qarshi 13-sanksiya paketini ma’qullashi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)