• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sharq” binolarining shaxsiy qo‘llarga o‘tishi xavflimi? Mas’ullar javob berdi

    Toshkentdagi “Sharq” nashriyoti binolari Moddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan chiqarilgani, tez orada xususiylashtirilishi haqidagi xabarlar jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. Mas’ullar jurnalist va blogerlar bilan muloqotga kirishar ekan, holatga oydinlik kiritdi.

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari Akmalxon Ortiqovning jurnalistlarga ma’lumot berishicha, “Sharq” nashriyoti aksiyadorlik matbaa kompaniyasi rahbariyati hukumatga murojaat qilib, ayni kunda nashriyot joylashgan hudud ularning imkoniyatlari hisobga olinsa, katta ekanligini bildirib, shahar markazidan o‘zlariga mos joy berilishini so‘ragan. 

    Akmalxon Ortiqov.
    Foto: “Daryo”

    Soliq to‘lovlari va boshqa ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq xarajatlar aytilib, ularga boshqa ixchamroq bino ajratish bo‘yicha murojaat qilishgan. Murojaat ko‘rib chiqilib, ularga mos bino topib berilgan va ulardan bo‘shagan bino xususiylashtirishga qo‘yilgan, — deydi Akmalxon Ortiqov. 

    “Sharq” nashriyoti matbaa korxonasi direktori Otabek G‘ulomovning “Daryo”ga bildirishicha, 1914—1983-yillarda qurilgan jami 14 ta bino va inshootdan iborat majmua ularga iqtisodiy jihatdan ortiqchalik qilgan. 

    Otabek G‘ulomov. 
    Foto: “Daryo”

    Bu masala ikki-uch yil ilgari ko‘tarilgan edi. 2000-yildan beri xususiylashtirish dasturi bor. Prezident qarorlari qabul qilinmoqda. Davlat ulushini qisqartish davom etmoqda, — deydi Otabek G‘ulomov. 

    Agentlik rahbari Akmalxon Ortiqovning jurnalistlarga bildirishicha, 3,5 gektardan iborat hududdagi 14 ta binolarning bari o‘sha vaqtda ma’daniy meros ob’yektlari sifatida ro‘yxatga noto‘g‘ri kiritilgan. 

    Bu yerdagi binolarning asosiy qismi ishlab chiqarish komplekslari hisoblanadi va ma’daniy meros sifatida ahamiyati yo‘q. Shu sabab bu binolarni ro‘yxatdan chiqarib, xususiylashtirish jarayoni ketmoqda. Hududdagi O‘zA binosi va binoning Alisher Navoiy teatriga tutash qismlarining tarixiy ahamiyati bor va bular saqlab qolinadi. Bino kelajakda ham rekonstruksiya qilinadigan bo‘lsa, madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi talabi qo‘yilgan holda xususiylashtiriladi, — deydi mas’ul. 

    “Sharq” nashriyoti direktori Otabek G‘ulomovning nazdida, hududdagi 14 ta binoning 2 tasini tarixiy binolar sifatida saqlab qolish maqsadga muvofiq. 

    Foto: “Daryo”

    Qolgan binolar 1970—1980-yillarda qurilgan ishlab chiqarish binolari hisoblanib, ishlab chiqarish sexlari sifatida foydalanib kelingan. Ayni kunda bu sexlardan to‘liq foydalanilmayapti. Shu sabab ham bizning o‘zimiz talab bilan chiqib, ixchamroq joy so‘radik, — deydi Otabek G‘ulomov. 

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari Akmalxon Ortiqovning aniqlashtirishicha, ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan O‘zA binosidagilar Matbuotchilar ko‘chasidagi 32-uyga ko‘chiriladi. 

    “Sharq” nashriyoti binolarini xususiylashtirish ortidan tushgan mablag‘lar nashriyot faoliyatini rivojlantirish uchun yangi texnikalarga sarflanadi. Va ularga qulay shart-sharoit yaratib beriladi. Binolar hozircha xususiylashtirilmadi. Bundan oldin biz o‘z shartlarimizni shartnomaga yozamiz va shartlar buzilsa, shartnoma kuchini yo‘qotgan hisoblanadi, — deydi Akmalxon Ortiqov. 

    Bahodir Abdukarimov.
    Foto: “Daryo”

    Ma’daniy meros agentligi rahbari Bahodir Abdukarimovning tan olishicha, o‘rganish natijalari davomida hududda tarixiy binolar borligi aniqlangan. 

    Bu yerda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar borligi qo‘pol qilib aytganda ko‘rga ham ko‘rinib turibdi. Bu binolar butun Toshkentga ko‘rinib turadi. Buyuk Turon ko‘chasidagi 41-uyning madaniy obyektlar ro‘yxatidan chiqarilishiga asosiy sabab — hududdagi asosiy binolarning ishlab chiqarish binolari ekanligidadir, — deydi Bahodir Abdukarimov. 

    Mas’ulning aytishicha, O‘zA binosi shu paytga qadar “Sharq” binolari tarkibiga kirmagan va tarixiy ahamiyatga ega bino sifatida ro‘yxatdan ham o‘tmagan. 

    Foto: “Daryo”

    Bizda xususiylashtirilgan ob’yektni ham madaniy  meros obyektlari ro‘yxatiga kiritish vakolatimiz bor. Shu sabab bu binolarni nafaqat o‘zimizning ro‘yxatga Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha nomzodnoma tayyorlab yuboramiz, — deydi agentlik rahbari.

    Otabek G‘ulomovning qo‘shimcha qilishicha, “Sharq” binolari tarkibida Chor Rossiyasi davrida qurilgan eski bino ham bo‘lib, mazkur bino o‘sha davrda gubernatorning yashash joyi, qabullar o‘tkazuvchi saroyi, keyinchalik NKVD, KGB binosi sifatida foydalanilgan. “Sharq” nashriyoti binolarining xususiylashtirilishi ushbu tarixiy ob’yekt taqdirini ham salbiy tomonga o‘zgartirib yuborishi mumkin.

    Avvalroq Madaniy meros agentligi “Sharq” nashriyoti binolari bo‘yicha munosabat bildirib, Toshkent shahridagi modernizm inshootlari, shu jumladan, O‘zA binosini YUNESKO Butunjahon merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritish uchun ariza tayyorlaganini ochiqlagandi.

    24.01.2024, 21:51   Izoh (0)   9513
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sharq” nashriyoti binolari Moddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan chiqarildi

    23.01.2024, 11:01

    Madaniy meros agentligi “Sharq” nashriyoti binolari bo‘yicha munosabat bildirdi

    23.01.2024, 16:50

    “Sharq” nashriyotiga tegishli binolar tashqi ko‘rinishining tarixiy arxitekturasi saqlab qolinishi rasman ma’lum qilindi

    24.01.2024, 00:02

    Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi 

    24.01.2024, 20:50

    Farmatsevtika agentligining “Dok-1 Maks” bo‘yicha sudlanayotgan sobiq rahbari tanasida jarohatlar aniqlanmagani ma’lum qilindi. U avvalroq tergovda qiynoqqa soling...

    24.01.2024, 20:10

    O‘zbekiston birinchi xonimi Pekindagi Xitoy Milliy muzeyiga tashrif buyurdi (foto)  

    24.01.2024, 20:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sakkiz nafar futbolchi “Barselona”ning yangi sardori bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 25 iyul, 19:06

    Toshkentda soxta dacha eʼlonlari orqali odamlar pulini “shilgan” shaxs qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 19:00

    Dunyoni zabt etgan iforlar: barcha davrlarning eng yaxshi 10 ta atiri

    Ayollar sahifasi | 25 iyul, 18:50

    Qozog‘istonda EC-145 harbiy vertolyoti yo‘qolib qoldi

    Dunyo | 25 iyul, 18:35

    Yil boshidan buyon dunyo bo‘ylab 9 mln dan ortiq elektromobil sotildi

    Dunyo | 25 iyul, 18:25

    Surxondaryoda YPX xodimini haqorat qilgan ayol 4 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.