Kamerun terma jamoasi darvozaboni Andre Onana Gambiyaga qarshi bahs oldidan Samyuel Eto‘O bilan tortishib qoldi.
Metro nashrining xabariga ko‘ra, kamerunlik posbon guruh bosqichining so‘nggi o‘yini Gambiyaga qarshi bahsda (3:2) zaxirada qoldirilganidan jahli chiqqan.
Qayd etilishicha, Onanani zaxirada qoldirish qarori Kamerun bosh murabbiyi Rigober Song tomonidan qabul qilgan.
O‘yin kuni ertalab darvozabon asosiy tarkibda tushmasligini bilgach, Samyuel Eto‘O bilan janjallashib ketgan. Kamerun futbol federatsiyasi rahbari Andrening g‘azabiga hech qanday munosabat bildirmagan.
Bunga qadar Onana 1-tur o‘yinini (Gvineyaga qarshi, 1:1) o‘tkazib yuborgan va 2-turda (Senegalga qarshi, 1:3) ishtirok etgandi. Kamerun guruhda 2-o‘rinni egalladi va 1/8 finalda Nigeriyaga qarshi maydonga tushadi.
Izoh (0)