Kamerun futbol federatsiyasi prezidenti Samyuel Eto‘o “Barselona”dan “Inter”ga o‘tishi haqida gapirdi.
Kataloniyaliklar kamerunlik futbolchini 2009-yilda “nerazzurilar” hujumchisi Zlatan Ibrahimovichga almashtirgandi. Shuningdek Milan jamoasi 46 million yevro pul ham olgandi.
“Menga shu vaqtga qadar minnatdor bo‘ladigan imkoniyat berilgandi. Zlatan Ibrahimovich bilan rokirovkamiz futbol tarixidagi eng yaxshi ish bo‘lgan. ‘Inter’ga o‘tganimda Massimo Morattiga Chempionlar Ligasini yutish uchun menga 2 yil vaqt so‘raganman”, — deydi Samyuel.
“Inter” 2009/10-yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finalida “Bavariya”ni mag‘lub etib, sovrinni qo‘lga kiritgandi. Eto‘o musobaqada 2 ta gol urgan: birinchisini — guruh bosqichida “Rubin”ga, ikkinchisini — 1/8 finalda “Chelsi” darvozasiga.
Izoh (0)