Yangihayot, Olmazor, Mirobod tumanlari gaz taʼminoti tizimida taʼmirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning baʼzi mahalla va ko‘chalarida gaz taʼminoti to‘xtatiladi.
Yangihayot tumanida 23-yanvar 10:00 dan 18:00 gacha:
- “Binokor” MFY;
- ulgurji isteʼmolchilar — 4 ta.
Olmazor tumanida 23-yanvar 11:00 dan 17:00 gacha:
- “Taraqqiyot” MFY;
- ulgurji isteʼmolchilar — 3 ta.
Mirobod tumanida 24-yanvar 11:00 dan 17:00 gacha:
- 21ta yuqori qavatli uylardagi jami 372 ta xonadon.
“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Avvalroq Yunusobod va Chilonzor tumanlarida 23-yanvar kuni elektr energiyasi taʼminoti vaqtincha o‘chirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)