Namangan shahridagi avtomobillarga metan gaz to‘ldirish shoxobchalarining deyarli barchasi bugun, 18-yanvar kuni faoliyat ko‘rsatmadi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Ushbu holat mutasaddilar tomonidan shahar magistral gaz tarmoqlarida gaz bosimi pasayib ketgani bilan izohlanmoqda.
“Aslida yana soatli, yaʼni 7.00 dan 15.00 gacha bo‘lgan grafikka o‘tmoqchi edik, lekin hozir shuning ham imkoni bo‘lmayapti, chunki bosim juda past. Shoxobchalar ochiq bo‘lgan taqdirda ham avtomobil egalariga gaz yetkazib berolmaydi. Nafaqat Namangan shahrida, balki butun viloyat bo‘yicha shu ahvol”, —deydi “Daryo” suhbatdoshi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Namangan shahrida jami 27 ta, viloyat bo‘yicha esa 131 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)