O‘zbekistonda bir kunda 94 ta isteʼmolchi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 22-yanvar kuni “O‘zenergoinspeksiya” ishchi guruhlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish bo‘yicha 94 ta isteʼmolchi tomonidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 33 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.
Ishchi guruh tomonidan hududlarda 961 ta profilaktik tadbir o‘tkazilgan hamda ta’minotchi korxonalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 202 ta obyekt o‘rganilgan.
Reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarida tushuntirish ishlari olib borilib, 349 ta iste’molchiga nisbatan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda dekabr oyining 15 kunida ayrim iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida davlat manfaatlariga 73 milliard 274 million so‘mlik zarar yetkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Buxoro, Samarqand va Navoiyda salkam 1 milliard so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilgan edi.
Izoh (0)