Toshkent shahrining ikki tumani: Bektemir va Sergeli tumanlarida 18-yanvar kuni elektr energiyasi taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.

Unda keltirilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida ertaga, 18-yanvar kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: “Musaffo” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Sergeli tumani: “Sahovat” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘radi.
Izoh (0)