Qozog‘iston Bosh prokuraturasi Qarag‘andadagi Kostenko konida oktyabrda yuz bergan fojia bo‘yicha tergov yaqin orada yakunlanishini ma’lum qildi.
“Shaxtadagi portlashlar bo‘yicha tergov yakunlanmoqda. Konning to‘qqiz nafar mansabdori gumondor deb topildi va hibsga olindi”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
28-oktyabr kuni o‘sha vaqtda “Arselor Mittal Temirtau”ga tegishli bo‘lgan Kostenko ko‘mir konida bir qator portlashlar sodir bo‘ldi, oqibatda 46 kishi halok bo‘ldi, 28 nafar konchi jarohat oldi. Shundan so‘ng hukumat kompaniyaga egalik huquqini Qozog‘iston tasarrufiga o‘tkazishga qaror qildi.
Keyinchalik Allur kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi Andrey Lavrentyev kompaniyaning yangi investoriga aylandi. Kompaniya nomi Qarmet deb o‘zgartirildi.
Respublika Favqulodda vaziyatlar vaziri Sirim Sharipxonov kondagi portlashga olib kelgan qonunchilik buzilishida 19 kishi ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligini aytdi, ular orasida “Arselor Mittal Temirtau” sobiq bosh direktori Vladimir Yablonskiy, kadrlar bo‘yicha direktor Yelena Vinokurova, ko‘mir departamenti texnik direktori Andrey Beliy va boshqalar bor.
Izoh (0)