Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 11,95 so‘mga oshib, 12 427 so‘m bo‘ldi. Yevro 1,38 so‘mga ko‘tarilib, 13 515,02 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,98 so‘mga pastlab, 140,68 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 415,05 so‘m bo‘lgandi. Yevro ham oshib, rubl o‘zgarishsiz qolgandi.
Izoh (0)