Myunxen shahridagi aeroport ma’muriyati kuchli qor bo‘roni tufayli 250 dan ortiq reyslarni bekor qildi. Bu haqda DPA agentligi ma’lum qildi.
Umumiy hisobda rejalashtirilgan 650 ga yaqin reysning uchdan biri bekor qilingan.
G‘arbiy Bavariyadagi bir qator hududlarda noqulay ob-havo sharoiti tufayli maktab darslari ham to‘xtatilgan.
Avvalroq MDR portali Germaniya meteorologiya xizmatiga tayanib, “Gertrude” sikloni tarqalishi 17 va 18-yanvar kunlari mamlakatning aksariyat hududlarida “qor va muzli yomg‘ir”ni olib kelishi haqida xabar bergan edi.
Jumladan, respublikaning markaziy qismidagi ayrim tumanlarda kuchli qor yog‘ishi, kuchli muzlash kuzatilishi aytilgan. Shu munosabat bilan nemis meteorologlari avtomobil va temiryo‘l transportida sezilarli uzilishlar, shuningdek, mamlakat shimoli va g‘arbida yog‘ingarchilik og‘irligi ostida daraxtlarning qulashi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Izoh (0)