Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 13-turidan o‘rin olgan “Bavariya” va “Union” o‘rtasidagi uchrashuv qoldirildi.
O‘yin noqulay ob-havo tufayli qoldirildi, deya xabar bermoqda Bild nashri.
Myunxenda kuchli qor yog‘gan. “Alyans Arena”dagi maydon qiziydi, ammo asosiy muammo — tomoshabinlarning tashrif buyurishi tufayli xavfsizlik masalalari bo‘lishi mumkin.
Myunxendagi jamoat transporti kunning ikkinchi yarmida ishlamayapti. Shu sababli, muxlislar sayohatining deyarli imkoni yo‘q.
Tomas Tuxel shogirdlari musobaqa jadvalida 32 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. “Union” esa 7 ochko bilan eng so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)