Antarktidada kamyob oq urg‘ochi pingvin tasvirga olindi. Bu haqda Independent xabar berdi.
Bunday pingvin odatda oq-qora patlar va boshning tepasida oq dog‘i bilan ajralib turadi. U Chilidagi Gabriel Gonsales Videla bazasi yaqinida aniqlangan.
“Har kuni Antarktida va mazkur go‘zal joy bizni yangi narsa bilan ajablantiradi”, — deydi qushni videoga olgan Chili armiyasi oshpazi Ugo Alexandro Xarris Gerra.
Pingvin leykizm (hayvonlarda terisida pigmentatsiyasining qisman yo‘qolishiga olib keladigan mutatsiya, genetik kasallik) tufayli oq rangga ega.Ushbu kasallikka chalingan hayvonlar kamdan kam uchraydi, chunki ularning yashirinishi qiyinroq va bu yirtqichlarning o‘ljasiga aylanish ehtimolini oshiradi. Veterinar Diego Penaloza bu albinizm emasligini tushuntirdi, chunki hayvon ko‘zining rangi normal holatda.
Izoh (0)