Niderlandiya BMTning G‘azo sektorini qayta tiklash va gumanitar masalalar bo‘yicha katta koordinatori Sigrid Kag boshchiligidagi missiyaga 5 million yevro ajratmoqda. Bu haqda tashqi savdo va rivojlanish vaziri Jefri van Liven ma’lum qildi.
G‘azo bo‘yicha koordinator tayinlanishi BMT Xavfsizlik Kengashining dekabr oyida qabul qilingan 2720-rezolyutsiyasi talablaridan biridir. Rezolyutsiyaga ko‘ra, BMT koordinatori “G‘azo sektorida yordam berish, monitoring va tekshirish” uchun mas’uldir.
![](/static/2024/01/15/falastin12-gfHSjX0_.jpg)
Unga Falastin anklavida Xavfsizlik Kengashi belgilagan funksiyalarni bajarish uchun zarur xodimlar va jihozlar taqdim qilinadi. Koordinator BMT Xavfsizlik Kengashiga 20 kun ichida, so‘ngra har 90 kunda (2024-yil 30-sentyabrgacha) o‘z ishi haqida hisobot berishi kerak bo‘ladi. Sigrid Kag o‘z vazifasini 8-yanvarda boshlagan.
Oxirgi uch oy ichida Niderlandiya G‘azo sektoriga taxminan 50 million yevro yordam ko‘rsatdi. Biroq, mamlakat BMTning o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirish bo‘yicha rezolyutsiyalariga ovoz berishda betaraf qolgan.
Izoh (0)