Polsha nemis qo‘shinlarini o‘z hududiga joylashtirishga rozi, dedi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Anjey Sheyna Rzeczpospolita nashriga bergan intervyusida.
“Agar nemislar Litvada bo‘lgani kabi Polshada ham NATOning sharqiy qanotini mustahkamlamoqchi bo‘lsa, xush kelibsiz”, — dedi Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.
Diplomatning ta’kidlashicha, Polshaning “sharqiy chegarasidan tashqaridagi” jangovar harakatlar sharoitida Varshava ittifoqchilarning har qanday yordami va hamkorligini olqishlaydi. Hozirda mamlakatda o‘n mingga yaqin amerikalik askarlar joylashgan.
2023-yili Germaniya va Litva 2027-yilgacha postsovet respublikasida nemis brigadasini joylashtirishga kelishib olgandi, asosiy qism 2025-2026-yillarda joylashtirilishi kerak.
So‘nggi yillarda Rossiya g‘arbiy chegaralarida NATOning misli ko‘rilmagan faolligini kuzatgandi. Kreml Moskva hech kimga tahdid qilmayotganini, biroq uning manfaatlariga potensial xavfli bo‘lgan harakatlarni e’tiborsiz qoldirmasligini bir necha bor ta’kidlagan.
Izoh (0)