Amerikaning Arizona shtatidagi Eloy shahrida havo sharining qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar politsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugun ertalab shahrimizda havo shari Eloydagi cho‘l hududiga qulab tushdi, oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi va bir kishi og‘ir yaralandi”, — dedi politsiya Facebook’dagi postida.
Sharning qulashi sabablari noma’lum. Voqea Milliy transport xavfsizligi kengashi va AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi xodimlari tomonidan tekshirilmoqda.
Avval Fransiyada havo sharining elektr simi bilan to‘qnashishi oqibatida 7 kishi jabrlangan edi.
Izoh (0)