KXDRning Shimoliy Hamgyong viloyatida 2,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Janubiy Koreya davlat meteorologiya agentligiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan 19:00 da Shimoliy Hamgyong provinsiyasining Kilju shahridan taxminan 40 kilometr uzoqlikda, 20 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Shimoliy Koreya barcha oltita yadro sinovini o‘tkazgan poligon aynan shu yerda joylashgan.
KXDR yaqinda Janubiy Koreyani soxta artilleriya hujumlari bilan aldaganini ma’lum qilgan edi. Pxenyanning ta’kidlashicha, “aldash operatsiyasi” Janubiy Koreyaning raketa hujumlarini aniqlash uskunasining qanday ishlashini tekshirish uchun qilingan.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chenning aytishicha, Seul raketa portlashi deb o‘ylagan narsa aslida 130 millimetrli snaryadlar ovoziga taqlid qilish uchun mo‘ljallangan poroxning portlash ovozi bo‘lgan.
Izoh (0)