Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12-yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 2,03 so‘mga tushib, 12 416 so‘m bo‘ldi. Yevro 17,64 so‘mga ko‘tarilib, 13 612,90 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,96 so‘mga oshib, 139,77 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket besh kun ko‘tarilib, ilk bor 12 400 so‘mdan oshgandi. Yevro va rubl kursi ham ko‘tarilgandi.
Izoh (0)