Daryo

O‘zbekiston armiyasi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida nechanchi o‘rinda?

Global Firepower xalqaro tadqiqot kompaniyasi tomonidan an’anaviy ravishda har yili tuziladigan reyting e’lon qilindi

1 daqiqa o‘qish183 531 ko‘rishlar0 izoh5

Dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida O‘zbekiston armiyasi 65-o‘rinni egalladi. Tegishli reyting 2024-yil yanvarida Global Firepower xalqaro kompaniyasi tomonidan e’lon qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Reytingdan 145 ta davlat o‘rin olgan. Unda kuchli uchtalikni AQSH, Rossiya, Xitoy egalladi.  Undan keyingi o‘rinlardan Hindiston, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya, Yaponiya, Turkiya joy oldi.

Markaziy Osiyo davlatlari harbiy qudrati bo‘yicha quyidagi o‘rinlarda:

  • Qozog‘iston — 58-o‘rin;
  • O‘zbekiston — 65-o‘rin;
  • Turkmaniston — 83-o‘rin;
  • Qirg‘iziston — 100-o‘rin;
  • Tojikiston — 107-o‘rin;
  • Afg‘oniston — 115-o‘rin.

Ma’lumot uchun, Global Firepower’ning 2023-yilgi reytingida O‘zbekiston armiyasi 62-o‘rinni olgandi.

Ushbu reyting 60 ta ko‘rsatkich inobatga olingan holda tuziladi. Uni tuzishda geografik omillar, tabiiy zaxiralar, moliyaviy barqarorlik va mahalliy sanoatning rivojlangani ham ahamiyatga ega. Armiyalarning qudratliligini baholashda yadro quroli borligi, dengizga chiqishga ega bo‘lmagan davlatlarda flot yo‘qligi hisobga olinmaydi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar