• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Mustahkam himoya ramzi bo‘lgan, o‘ziga xos himoya uslubini yaratgan germaniyalik “kayzer” Frans Bekkenbauer haqida

    “Bavariya” va Germaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Frans Bekkenbauer 78 yoshida vafot etdi.

    Uning nomi mustahkam himoya bilan bog‘liq birinchi assotsiatsiyalardan biri bo‘lib qoladi. Keling, Bekkenbauer faoliyatiga nazar solamiz. 

    Foto: Sports

    Frans futbol uchun sug‘urta kompaniyasidan ketgani uchun uning ota-onasi qattiq janjallashib qolgan. Keyinchalik Bekkenbauer nafaqat “Bavariya”, balki, futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biriga aylanadi

    Aynan u libero pozitsiyasida himoyaviy inqilobni uyushtirgan va ikkita “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan yagona himoyachiga aylandi. 

    Foto: Sports

    13 yoshidayoq Frans bolalarga xos bo‘lmagan qat’iyat ko‘rsatgan. U 1950-yillarda shaharning eng yorqin klublaridan biri bo‘lgan “Myunxen 1906” klubida shug‘ullanardi, lekin akademiyaga qabul qilinmagan. Pul bilan bog‘liq muammolar tufayli boshliqlar o‘z shogirdini Bavariyaning mashhur jamoasiga o‘tkazishga rozi bo‘lgan. 

    Ammo kelishuvni o‘zaro o‘yin buzdi: yoshlar o‘rtasidagi turnir finalida “1860” yigitlari shu qadar qo‘pol o‘ynaganki, natijada ikkala jamoa futbolchilari o‘rtasida mushtlashuv yuzagan kelgan. Frans qulog‘idan juda qattiq zarbani qabul qilib olgan va maydonda o‘z kelajagi borasida qarorni qabul qilgan — agar chiqish yo‘li bo‘lmasa, boshqa, hatto kuchsizroq jamoaga bo‘lsa ham o‘tadi. Kiyim almashtirish xonasida jamoadoshlari uni qo‘llab-quvvatladi va keyingi oy ular birgalikda “Bavariya” mashg‘ulotlarini to‘ldirgan. 

    Hozir “Bavariya”ning buyukligi yaqqon ko‘rinib turadi, biroq o‘shanda bu klub 1963-yilda tashkil topgan Bundesligaga ham taklif etilmagan. Fransning ota-onasi klubga umuman ishonmagan, shuning uchun o‘g‘li futbolga diqqatini qaratish maqsadida sug‘urta agenti stajyori sifatidagi ishini tark etganidan so‘ng janjal qilgan. Biroq, ular tez orada tinchlandi, chunki Bekkenbauer yoshlar terma jamoasiga o‘tgandi. Ammo u darhol muammoga duch kelgan. 

    Uning 18 yoshli qiz o‘rtog‘i homilador bo‘lib qolgan va Frans unga uylanmasligini bilgach, qasos olgan. Qiz o‘zining ota-onasi bilan birgalikda Germaniyaning asosiy futbol amaldorlariga qadar yetib borgan va ular Bekkenbauerni “noo‘rin xatti-harakatlari” tufayli terma jamoada o‘ynashini taqiqlagan. Lekin Fransning omadi kelgan, asosiy jamoa ustozi Dettmar Kramer iste’dodli futbolchini himoya qilib, mutasaddilarni bo‘lajak katta futbolchini sindirish xavfi borligiga ishontiradi.

    Foto: Sports

    Keyinchalik barchasi o‘z iziga tushib ketgan: Bekkenbauer 19 yoshida “Bavariya”ning asosiy tarkibida debyutini o‘tkazadi, 20 yoshida esa klubni Bundesligaga yetaklagan hamda GFRdan chaqiruv olgan. Terma jamoadagi debyut dabdabali o‘tgan: Shvetsiya ustidan 2:1 hisobidagi g‘alaba, Angliyada bo‘lib o‘tadigan 1966-yilgi mundialga yo‘llanma va Fransning hujumkor o‘yini muxlislarni hayratga solgan. 22 yoshida u Kubok egalari Kubogini qo‘lga kiritgan, bir yildan so‘ng Frans Rot, Zepp Mayer va Gerd Myuller uni sardor etib saylagan. U Myunxen klubi safida 19 yilini o‘tkazib, 427 ta o‘yinda ishtirok etgan. 

    Frans libero pozitsiyasini rivojlantirgan. Uchinchi urinishda Jahon Chempionligini qo‘lga kiritgan

    1966-yilgi Jahon Chempionati Bekkenbauer uchun ajoyib kechdi.

    Guruh bosqichida u shveysariyaliklar darvozasiga ikkita gol urdi va GFRning Ispaniyadan o‘tib ketishiga yordam berdi. So‘ngra chorak finalda Urugvayni, yarim finalda esa SSSR taslim etildi. Ammo turnirning asosiy o‘yini omadsiz kechdi: Angliya terma jamoasi Jeff Herst (het-trik) va Bobbir Charton (shunchaki yorqin o‘yin namoyish etgan) kabi futbolchilarning mahorati evaziga qo‘shimcha bo‘limlarda 4:2 hisobida zafar quchgan. Keyinchalik Frans chiroyli tarzda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan: “Ular faqatgina Bobbi Charton mendan biroz yaxshiroq bo‘lgani uchun g‘alaba qozondi. Shu xolos”.

    Foto: Sports

    1970-yilgi mundial Bekkenbauer uchun muvaffaqiyatsiz o‘tgan.

    Germaniya guruh bosqichidagi 3 ta g‘alabadan so‘ng chorak finalda 4 yil oldingi mundialda alami qolgan Angliyaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Asosiy bo‘limlarda GFR 0:2 hisobini durangga ayalntirishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi gol Bekkenbauer hisobiga yozildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Gerd Myuller tomonidan kiritilgan gol 4 yil oldingi qasosni olinishiga sababchi bo‘ldi. Yarim finalda GFRni italyanlar kutib turardi. Qo‘shimcha bo‘limlargacha yetib borgan ushbu o‘yin 4:3 hisobida Italiyaning g‘alabasi bilan yakunlangan. 

    JCH—1974 da esa missiya bajarilgan.

    60-yillar oxirida “Bavariya”da u ilk bor libero pozitsiyasida o‘ynagan. Ammo klassik emas, balki zamonaviylashtirilgan uslubda — Bekkenbauer nafaqat sheriklarini himoya qilar, xatolarni to‘g‘rilar, balki, tezda hujumlarga qo‘shilardi. Uni qanot bo‘ylab yugurib, hamma joyda yordam beradigan “Inter” va Italiya terma jamoasining chap qanot himoyachisi Jachinto Fakketti ilhomlantirgan. 

    Fransning ushbu uslubi klubda qo‘llanilardi, biroq terma jamoada Helmut Shen uzoq vaqt davomida bunday tavakkal qilishga ruxsat bermagan. Ilk bor u liberoni Yevro—1972 final bosqichida sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi, Germaniya finalda SSSRni 3:0 hisobida mag‘lub etgan, mavsum oxirida esa Frans “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. “Fakketti meni ilhomlantirgan. Men buyuk sarguzasht ruhini his qildim”, — degandi Bekkenbauer.

    Foto: Sports

    Germaniyada bo‘lib o‘tgan mundialda u terma jamoa sardori bo‘lgan va kiyim almashtirish xonasida ancha qat’iy turardi.

    O‘sha turnirda GFR Bekkenbauerning qoyilmaqom o‘yini sababli finalga qadar yetib borgan. Sayyoraning eng kuchli ikki futbolchilari — Bekkenbauer va Kroyf o‘rtasidagi bahsda GFR 2:1 hisobida Niderlandiyani taslim etgan. “Oltin to‘p” Kroyfga nasib etdi, Frans esa Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Ikkinchi “Oltin to‘p”ni esa bir necha yildan so‘ng qo‘lga kiritgan.

    Frans AQSHga transfer qilingani uchun tanqidlar ostida qolgan

    1977-yil 32 yoshida Frans “Nyu-York Kosmos” jamoasiga borib qo‘shilgan. Bu esa ko‘pchilikning g‘azabini keltirgan: Yupp Derval uni terma jamoaga chaqirmagan, muxlislar esa uni sotqin deya atagan. Bu juda qiyin davr edi, chunki Frans ilgari muxlislardan faqat maqtovlar eshitardi va Kayzer (Germaniya imperatori) laqabini olgandi. 

    Bekkenbauerning so‘zlariga ko‘ra, u 1968-yilda paydo bo‘lgan. Bir nashr Avstriyaning sobiq imperatori Frans Iosifning byusti fonida futbolchining suratini e’lon qilgan va unga “Futbol kayzeri” deb nom bergan. Boshqa versiyaga ko‘ra, laqab 1969-yilgi Germaniya Kubogi finalidan so‘ng, Frans “Shalke” afsonasi, “Vestfaliya qiroli” laqabi bilan mashhur Reynxard Libudga umuman o‘yin bermagani uchun bu nomga sazovor bo‘lgan.  

    Vataniga qaraganda AQSHda Bekkenbauer o‘zini muhimroq his qildi: u Luchano Pavarotti bilan do‘stlashgan, tribunadan faqat u tarafga olqish bo‘lardi, hattoki, “Yankis” besbol o‘yinini tomosha qilgani borganda, uni tanib qolishgan. Frans AQSHga Pele bilan birga o‘ynamoqchiligini sabab qilib ko‘rsatgan (1975-yildan 1977-yilgacha ular birgalikda “Kosmos”da to‘p surgan). “Men uning yo‘lini takrorlamoqchi edim. U barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi, Pele qolgan futbolchilardan o‘n baravar ko‘proq iqtidorli. Uning yengil egoizmi haqiqiy yetakchiga aylantirgan”, — degan edi Frans braziliyalik afsona haqida.

    Foto: Sports

    1982-yilda Bekkenbauer Bundesligaga qaytib, Gamburgda bir mavsum o‘ynab, yana “Kosmos”ga ketgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, 1984-yilda Frans GFR terma jamoasi bosh murabbiyiga aylangan. 

    Unda hattoki, murabbiylik litsenziyasi bo‘lmagan. Shuning uchun u rasmiy manbalarda “jamoa xo‘jayini” deb yuritilardi. 1986-yilda terma jamoani JCH finaliga qadar olib chiqqan, oradan 4 yil o‘tib esa chempion qilgan. “Stadio Olimpiko”dagi bir voqea tarixda qolgan: barcha futbolchilar g‘alabadan sarmast paytida, ularning murabbiy maydon markazida shoshmasdan, xayol surib yurardi. “Bu men yolg‘iz qolishim mumkin bo‘lgan yagona joy. Juda ko‘p narsa haqida o‘ylab olishim kerak edi”. Shu tariqa Frans ham sardor, ham murabbiy sifatida Jahon Chempionatini qo‘lga kiritgan futbol tarixidagi yagona inson hisoblanadi. 

    1990-yilgi finaldan so‘ng Bekkenbauer terma jamoadan ketgan. 

    Foto: Sports

    Yarim asr mobaynida Germaniya terma jamoasida juda ajoyib himoyachilar almashdi. Biroq, Bekkenbauerdek futbolchiga hech biri teng kela olmadi.

    09.01.2024, 01:22   Izoh (0)   10680
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shveysariya prokuraturasi Bekkenbauerga qarshi tergov boshladi

    01.09.2016, 20:04

    Bekkenbauerdan Myullergacha. “Bavariya” akademiyasidan chiqqan “oltinboshlar” (foto)

    27.05.2020, 17:59

    Nemis futboli afsonasi Frans Bekkenbauer 78 yoshida vafot etdi 

    08.01.2024, 22:58

    Yorqin Nazarov “Lokomotiv” bosh murabbiyi, Akmal Shorahmedov jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy etib tayinlandi

    08.01.2024, 17:58

    “Qanday qilib ahmoq Mxitaryan Sanchesning o‘rnida o‘ynashi mumkin?”. Arturo Vidal Aleksis Sanchesning “Inter”da o‘yin amaliyotisiz qolayotgani haqida gapirdi 

    08.01.2024, 16:38

    Abbosbek Fayzullayev, Takefuso Kubo va Ali Jasim. Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi yosh yulduzlar

    08.01.2024, 13:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.