Xitoy poytaxti Pekinda yomon ob-havo tufayli ikki yerusti metro poyezdi to‘qnashib ketdi, deb yozmoqda “Interfaks”.
Hodisa 14-dekabr kuni Chanpin liniyasida sodir bo‘lgan. Yo‘l sirpanchiqligi tufayli poyezd o‘z vaqtida to‘xtay olmagan, tezlikni pasaytirish davomida oldinda kelayotgan poyezdga urilgan.
Mutaxassislar barcha yo‘lovchilarni evakuatsiya qildi. Hodisa oqibatida 512 kishi tan jarohati olgan: ulardan 25 nafari kuzatuv ostida, 67 nafari shifoxonada, 102 nafariga turli darajadagi sinish tashxisi qo‘yilgan.
Pekinda 13-dekabr kuni kuchli qor yog‘ishni boshlagan edi. Ayrim poyezdlar harakati to‘xtatilgan va maktablar yopilgan.
Izoh (0)