Amerikaning B-1B Lancer strategik bombardimonchi samolyoti Janubiy Dakotadagi Ellsvort harbiy-havo kuchlari bazasiga qo‘nishga urinayotganda halokatga uchradi, deb xabar berdi AQSH Harbiy-havo kuchlarining Global zarba berish qo‘mondonligi.
Samolyot bortida to‘rt nafar uchuvchidan iborat ekipaj bo‘lgan. Ularning barchasi katapult yordamida omon qolgan, hech kim jabrlanmagan.
Halokat mahalliy vaqt bilan 4-yanvar, payshanba kuni kechqurun, mashg‘ulot parvozi vaqtida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, o‘sha paytda noqulay ob-havo va qattiq sovuq bo‘lgan.
Hozirda falokat sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Ellsvort havo kuchlari bazasi parvozlar uchun vaqtincha yopilgan.
Izoh (0)