Qo‘shma Shtatlar Isroil vazirlarining G‘azodan falastinliklarni ko‘chirishga qaratilgan bayonotlarini ma‘qullamaydi, dedi AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller.
“Bunday qaror mas’uliyatsizlikdir. Isroil hukumati, jumladan, bosh vazir bizni bunday bayonotlar mamlakat siyosatini aks ettirmasligini bir necha bor ishontirgandi. Bunday harakat zudlik bilan to‘xtatilishi kerak”, — dedi diplomat bayonotida.
Uning taʼkidlashicha, Qo‘shma Shtatlar “G‘azo Falastin yeri ekanligini va Falastin yeri bo‘lib qolishini, HAMAS endi uning kelajagini nazorat qilmasligini va hech bir terrorchi guruh Isroilga tahdid solishga qodir emasligini aniq bildirgan”.
“Biz isroilliklar va falastinliklar, shuningdek, mintaqa va dunyo manfaatlari uchun mana shunday kelajakka intilamiz”, — dedi Miller.
Avvalroq Isroil vazirlari — Betsalel Smotrich va Itamar Ben-Gvir falastinliklarni G‘azo sektoridan chiqarib yuborish zarurligi haqida bayonot bergan edi.
Izoh (0)