1-yanvar kuni ketma-ket kuchli zilzilalardan jabr ko‘rgan Vadzima shahri meri vayronalar ostida kamida 100 nafar aholi qolib ketgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Bugun, 5-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shahar meri Sigeru Sakaguti vayronagarchilik darajasi yoki vayronalar ostida qolgan odamlar soni haqida to‘liq maʼlumot yo‘qligini, biroq bu uch xonali son bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Yaponiyada zilzilalardan keyin 179 kishining taqdiri hozircha noma’lumligicha qolmoqda.
“Biz hozircha vayronalar ostida qancha odam borligini aniq bilmaymiz”, — dedi shahar hokimi matbuot anjumanida.
Jurnalistning gap yuz nafar yoki undan ortiq odam haqida ketyaptimi, degan aniq savoliga hokim: “Raqam uch xonali, yuzdan oshadi”, deb javob berdi.
“Men birinchi navbatda odamlar yashaydigan, ovozlar javob beradigan va hech qanday ovoz eshitilmaydigan joylarga bordim”, — deya qo‘shimcha qildi shahar meri.
Vadzima shahrida zilzila oqibatida 55 nafar inson halok bo‘lgani hozircha rasman e’lon qilingan.
Izoh (0)