Pegasus aviakompaniyasining Izmirdan Londonga uchayotgan samolyoti Sofiya aeroportiga kutilmaganda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Bolgariya milliy radiosi ma’lum qildi.
Samolyot komandiri samolyot bortida Britaniya fuqarosi halok bo‘lganidan keyin qo‘nishga qaror qilgan.
Hozircha hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan. Halok bo‘lgan inson jasadi tegishli xizmat vakillariga topshirilgandan keyin, samolyot yana Londonga uchishga tayyorgarlik ko‘radi.
Avvalroq Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-9617 reysi bilan Navoiy—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay Urganch aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgani xabar qilingandi. Bunga yo‘lovchilardan birining ahvoli yomonlashgani sabab bo‘lgan.
“Bortida 107 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 18:42 da Urganch aeroportiga qo‘ndi. Yo‘lovchi (O‘zbekiston fuqarosi) reysdan olinib, Urganch shahar shifoxonasiga yotqizildi.
Mahalliy vaqt bilan soat 19:51 da Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti ‘Vnukovo’ aeroportiga uchib ketdi”, — deb xabar bergan Uzbekistan Airports.
Izoh (0)