Qozog‘istonda Milliy jamg‘armaning o‘rtacha investitsiya daromadidan bolalarga to‘lovlar berish boshlandi. Bu haqda “MIR 24” xabar berdi.
Har yili Qozog‘iston neft daromadlarining 50 foizi voyaga yetmaganlarning hisob raqamiga tushadi. Mablag‘lar 18 yoshga to‘lgandan keyin uy-joy sotib olish va ta’lim uchun ishlatilishi mumkin. Bu tashabbus mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan ilgari surilgan. Har bir yosh qozog‘istonlik mamlakat milliy daromadidan foydalanishi kerak. 18 yoshgacha bo‘lgan bola uchun rejalashtirilgan jamg‘arma miqdori taxminan 3,5 ming AQSH dollarini tashkil qilishi mumkin.
16-dekabr kuni Qozog‘iston prezidenti Milliy jamg‘armadan bolalarga pul o‘tkazishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Tug‘ilgandan boshlab dasturda ishtirok etayotgan har bir bola 150-160 AQSH dollari miqdoridagi 18 yillik to‘lovni olishi kutilmoqda.
Pul 2024-yil 1-fevraldan boshlab hisob raqamlariga tusha boshlaydi. 1-fevraldan keyin 18 yoshga to‘lgan bolalar pul yechib olish uchun elektron platforma orqali murojaat qilish huquqiga ega. Ular bir yil davomida to‘lovlarni olishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)