• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shunaqayam jinni bo‘lasanmi? ” — 2023-yilda o‘zbek amaldorlari tomonidan aytilgan shov–shuvli iboralar

    O‘zbekistonda har yili qator amaldorlar tomonidan aytilib, “mashhur” bo‘ladigan iboralar uchrab turadi. Yakuniga yetgan 2023-yilda ham ayrim mansabdorlar aytgan gaplar omma orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Daryo” ulardan baʼzilarini eslatadi.

    Foto: Yandex

    “Avtomobillarga navbat yo‘q bo‘ladi...”

    Fevral oyida sobiq “O‘zavtosanoat” raisi (23-martdan Toshkent shahar hokimi) Shavkat Umrzoqov Asaka shahrida o‘tkazilgan Chevrolet Onix taqdimotida ozgina sabr qilinsa, avtomobillarga navbat yo‘q bo‘lishini aytgandi.

    Shavkat Umrzoqov
    Foto: Transport vazirligi
    “Andijonning o‘zida bu yil 250−300 mln dollarlik to‘rtta yangi zavod quradigan bo‘ldik. Bu nima beradi? Tasavvur qiling, 2016-yil 80 ming mashina chiqqan, 2017-yil 120 ming chiqqan. Bugun 330 ming chiqaryapmiz. Bu yil 400 mingdan oshiq chiqaramiz. Navbat yo‘q bo‘ladi, ishoning, faqat ozgina sabr (qiling) ”, — degan u.

    Uzoq yillik navbatlardan charchagan, ommabop modeldagi avtomobillarni zavoddan shartnoma asosida sotib olishi orzu bo‘lib qolayotgan odamlar bunday gapni ozroq umid, ko‘proq ishonchsizlik bilan qarshi oldi. Bu gaplar aytilgan paytda sobiq “O‘zavtosanoat” raisiga 2022-yil 1-maygacha avtomobillarga navbatni yo‘qotish topshirig‘i berilgandi. Navbatlar haligacha yo‘qolmadi. Umrzoqov esa hozirda Toshkent shahar hokimi.

    Vazirdan shedevr

    Shubhasiz, fevral oyida jamotchilik uchun kutilmagan chiqishlardan biri sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning Farg‘onada tibbiyot sohasi vakillari va jurnalist bilan uchrashuvida sodir bo‘ldi.

    Tadbirda Inoyatov sog‘liqni saqlash tizimidagi rahbar xodimlarning maoshi haqida gapirib, rahbar-shifokorlardan biridan oyligi qanchaligini so‘ragan. Vazir shifokorning gapini eshitib, u aytgan 5,5 million so‘m oyligi va unga qo‘shimcha bemorlar beradigan haqni qo‘shganda yetarlicha summa chiqishiga ishonch bildirgan.

    “Bemorni mehr bilan davolasangiz, so‘ramasangiz ham o‘zi rozi bo‘lib sizga barakasini berib ketadi. Ochiq aytyapman. Yetmaydimi, degan savolni o‘zimizga o‘zimiz berishimiz kerak”, — degan vazir jurnalist savoliga javoban.
    Amrillo Inoyatov
    Foto: “Daryo”

    Antikorrupsiya agentligi vazirning gapariga munosabat bildirib, shifokorlarni rag‘batlantirish yo‘llaridan biri sifatida bemorlar bergan mablag‘ning eʼtirof etilishini qonunchilikka va mamlakatda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga zid harakat sifatida qayd etgan. Mazkur taklif tizimda korrupsiyaviy jinoyatlar sonining ortishiga hamda shifokor kasbi mavqeining pasayishiga, sog‘liqni saqlash tizimiga xalqning ishonchi kamayishiga sabab bo‘lishi mumkinligi taʼkidlangan.

    “Shunaqayam jinni bo‘lasanmi? ”

    2023-yil iyunda prezident maslahatchisi o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev tomonidan o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida g‘alladan bo‘shagan yerlar haqidagi maʼlumotlarni qo‘shib yozgan masʼullar haqorat qilingan video tarqalgan.

    Shuhrat G‘aniyev
    Foto: “Daryo”
    “Nomard, shunchalik ham aldaysanmi? Xatirchida hali 5 ming gektar g‘alla o‘rilgani yo‘q. Jinniku bu. Jinni bo‘lsang, sal bir qonuniyroq, fahm-farosati ishlaydigan jinni bo‘l. Shunaqayam jinni bo‘lasanmi? Jinnining jinnisi ekansanku”, — deya “qo‘shib yozish”da ayblangan mansabdorlarni haqoratlagan Shuhrat G‘aniyev.

    Umuman olganda, Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona viloyati hokimi lavozimida ishlagan paytlarda ommaga “so‘kong‘ich hokim” sifatida tanilgan. Uning 2018-yildagi yig‘ilishda toshloqliklarni haqoratlagani aytilgan audosi tarqalgandi. 2019-yilda esa soqol, ro‘mol va ish joylarida namozga qarshi chiqib, bunga bo‘ysunmaganlarni qamash bilan tahdid qilgani yozilgan audio tarqalgandi. Bu masala Senatda ko‘rilgan va sobiq hokim “o‘tinib-o‘tinib” kechirim so‘ragandi.

    “Sanʼat — chegarasiz soha”

    Joriy yilning 3-iyulida Madaniyat va turizm vazirligida bo‘lib o‘tgan tadbirda madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov konsertdan tushgan pullarni Rossiyaning Ukrainaga bosqinchiligini moliyalashtirishga sarflayotgan Z-artistlarning O‘zbekistondagi konsertlari nega bekor qilinmayotgani haqidagi savolga bergan javobi muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

    Bahodir Ahmedov
    Foto: Madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati
    “Qaysi davlatdan kelayotgan bo‘lsa, sanʼatni hurmat qilaman, xalqqa xizmat qilaman, sanʼatning cho‘qqisini ko‘rsataman, deb kelayotgan bo‘lsa va u haqiqiy sanʼatkor bo‘lsa, O‘zbekiston hech qaysi sanʼatkorga eshikni yopib, tambalab qo‘ygan joyi yo‘q. Kelyapti, sanʼatni namoyish qilyapti, olqishini olyapti, ketyapti. O‘zbekistonda sanʼatga to‘siqning o‘zi yo‘q”, — degan Bahodir Ahmedov.

    Madaniyat vazirining o‘rinbosari “X-faktor” shousini tanqid qilgani ham ko‘plab eʼtirozlarga sabab bo‘lgan.

    “Ishtirokchi bir paytlar “zona”ning ashulalari deyiladigan qo‘shiqlarini ijro etib o‘tiribdi, bittasi shlyapani kiyib olib, ura deb qo‘llab-quvvatlayapti”, — degan vazir o‘rinbosari ko‘rsatuv haqida.

    Bu fikrlarga nisbatan telekanal Instagram dagi profilida bunga munosabat bildirgan.

    “X-faktor” tanlov emas, aksincha, havaskor ijrochilar o‘rtasidagi global shou hisoblanadi. Mazkur shouda qatnashchilarning vokal imkoniyatlari bilan birga ularni sahnada shou yarata olishi, hakamlar va tomoshabinlar eʼtiborini o‘ziga qarata olishiga ham baho beriladi. X-faktor shousi qatnashchilari hakamlar tomonidan “Ha” yoki “Yo‘q” degan ovoz berishi asosida baholanadi. Madaniyat vazirligining mulozimi taʼkidlaganidek, ishtirokchilar 10 ballik sistemada baholanmaydi va umuman ballar ishlatilmaydi. Shuning uchun, vazir o‘rinbosari , “X-faktor” shousining hech bo‘lmaganda 1 ta epizodini to‘liq ko‘rib chiqishi va shundan keyin fikr bildirishini tavsiya qilamiz” — deya munosabat bildirilgan mulozim chiqishiga.

    Hokim va direktor mojarosi

    Avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori Umida Tursunova o‘rtasidagi mojaro aks etgan video tarqaldi. Tasvirda hokim yig‘ilishda direktorni ishdan bo‘shatishni buyurgani va o‘rtada tortishuv yuzaga kelgani ko‘rinadi.

    “Butun dunyoga sharmanda bo‘ldingiz. Jim o‘tiring. Haqqingiz yo‘q bu maktabda direktor bo‘lib ishlashga” — degan hokim direktorga.

    Keyin direkor qamoqqa olingan. Voqea ijtimoiy tarmoqlar faollarini “oyoqqa turgazdi”. Surxondaryo hokimi mansab vakolatini suiisteʼmol qilgani bot–bot taʼkidlandi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova vaziyatga aralashib, direktor qamoqdan ozod qilingani, vazir shaxsan vazirning nazoratida ekanini maʼlum qilgan.

    Umuman olganda, avvalgi yillardagi kabi 2023-yilda ham yuqoridagi va boshqa bir qator iqtiboslar bilan tarixda qoladi deyish mumkin.

    31.12.2023, 18:35   Izoh (0)   33289
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SES ogohlantiradi: Oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlarni iste’mol qilishda yoshga e’tiborli bo‘lish shart  

    31.12.2023, 13:50

    O‘zbekiston tibbiyotida yakunlanayotgan 2023-yil qanday iz qoldirmoqda? 

    31.12.2023, 11:40

    O‘zbekiston kinoijodkorlari madaniyat va sanʼat ahliga murojaat yo‘llashdi

    31.12.2023, 09:00

    Namanganda 31-dekabr kuni avtobuslar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi

    30.12.2023, 23:00

    O‘zbekistonliklar Turkiyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 550 dollar 

    30.12.2023, 22:16

    O‘zbekistonda QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi  

    30.12.2023, 22:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.